Rad etish
Ushbu qurilma orqali ulanadigan ba'zi tarkib va xizmatlar uchinchi
tomonga tegishli bo'lib, ular mualliflik huquqi, patent, savdo
belgisi va/yoki boshqa intellektual mulk haqidagi qonunlar bilan
himoyalangan. Bunday tarkib va xizmatlar faqatgina shaxsiy
notijorat maqsadida foydalanish uchun taqdim etiladi. Biror bir
tarkib yoki xizmatdan uning egasi yoki ta'minotchisi tomonidan
ruxsat etilmagan maqsadlarda foydalanishingiz mumkin emas.
Yuqoridagilarga tayangan holda, agar tarkib egasi yoki xizmat
ta'minotchisi ruxsat bermagan bo'lsa, quyidagilarni bajarish
ta'qiqlanadi: ushbu qurilma orqali ko'rsatilayotgan har qanday
tarkib yoki xizmatni o'zgartirish, nusxalash, qayta tahrirlash, yuklab
olish, jo'natish, boshqalarga o'tkazish, tarjima qilish, sotish, ijodiy
ishlarni yaratish, ta'qiqlangan maqsadlarda foydalanish.
"UCHINCHI TOMON TARKIB VA XIZMATLAR TA'MINOTI
KAFOLATLANMAGAN. SAMSUNG TARKIB YOKI XIZMATLARNI
ISTALGAN MAQSADDA ANIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN HOLATDA
ISHLATILISHI TA'MINLANISHINI KAFOLATLAMAYDI. SAMSUNG
NAZARDA TUTILUVCHI SHARTLARNI QAT'IYAN RAD ETADI, MA'LUM
MAQSADNI KO'ZLOVCHI TOVAR VA YAROQLILIK KAFOLATI BILAN
CHEKLAMAY, ULARNI O'Z ICHIGA OLGAN HOLDA. SAMSUNG
HECH QACHON USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB YOKI
XIZMATLARNING ANIQLIGI, ASOSLANGANLIGI, PUNKTUALLIGI,
QONUNIYLIGI VA TO'LIQLILIGINI KAFOLATLAMAYDI, JUMLADAN,
USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB YOKI XIZMATLARDAN
YOKI ULARDAGI MA'LUMOTLARDAN FOYDALANISH ORQALI
KELUVCHI, U SHARTNOMA YOKI IJTIMOIY TAMOYIL BO'LISHIDAN
QAT'IY NAZAR, BEVOSITA, BILVOSITA, TASODIFIY YOKI ATAYIN
YETKAZILGAN ZARARLAR, ADVOKATLAR UCHUN GONORARLAR
YOKI BOSHQA HARAJATLAR UNDIRIB BERILMAYDI. "
O'zbek
968