Maishiy foydalanuvchilar bunday predmetlarni ekologik xavfsiz
utilizatsiya qilishlari mumkin bo'lgan joy va usullar haqidagi
ma'lumotlarni, ushbu mahsulotni sotib olgan sotuvchidan yoki
mahalliy hokimiyat organidan olishlari mumkin.
Yuridik tashkilotlar mahsulot ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va
xarid qilish shartnomasidagi muddat va shartlarini tekshirishlari
lozim. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlari boshqa
maishiy yoki tijorat chiqindilari bilan aralashtirilmasligi lozim.
Ushbu mahsulotdagi
batareyalarni chiqitga
chiqarish qoidalari
Batareya, uning qo'llanmasi yoki o'ramidagi ushbu
belgi shuni anglatadiki, bu mahsulotdagi batareyalar
o'z xizmat muddati tugaganidan keyin maishiy
chiqindilar bilan birga chiqitga chiqarilmasligi lozim.
Belgi qo'yilganda, Hg, Cd yoki Pb kabi kimyoviy
belgilar batareya tarkibida simob, kadmiy yoki qo'rg'oshin miqdori
EC Direktiv 2006/66 darajalaridan yuqoriligini bildiradi.
O'zbek
768