Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o'zgartirmang yoki
o'zboshimchalik bilan ta'mirlamang
• Qurilmangizdagi har qanday o'zgartirishlar yoki
takomillashtirishlar ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi
mumkin. Qurilmangizni ta'mirlash zarur, uni Samsung Xizmat
ko'rsatish Markaziga olib boring.
• Qurilmani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu
portlash yoki yong'inni keltirib chiqarishi mumkin.
• Batareyani qismlarga ajratmang yoki uni qayta ishlatmang.
Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting
• Qurilmangizni yumshoq va quruq mato bilan tozalang, qabul
qiluvchidagi biron bir kirlarni yoki quloq kirini cho'tka yoki
boshqa asboblar bilan olib tashlang.
• Batareya terminallarini quruq yumshoq material bilan tozalang.
• Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish
qurilma korpusini yemirishi yoki uning rangini o'chirishi, elektr
toki urishi yoki yong'in kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
• Quirlmani chang, ter, siyoh, yog' va kosmetika, antibakterial
sprey, ko'l tozalagich, yuvish vositasi va insektisidlar kabi
kimyoviy moddalar ta'sirida qolldirmang. Qurilmaning ichki va
tashqi qismlari shikastlanishi mumkin yoki natijada u yaxshi
ishlamasligi mumkin. Agar qurilmangizga yuqorida sanab
o'tilgan moddalardan biri tegsa, uni tozalash uchun tuksiz,
yumshoq matodan foydalaning.
Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating
Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.
Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga
halaqit bermang
O'zbek
766