Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan o'rnating
Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig'i ochiladigan joyga
yaqin qo'ymang. Xavfsizlik yostiqlari to'satdan ochilgan vaqtda
noto'g'ri o'rnatilgan qurilma jiddiy shikast yetkazishi mumkin.
Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar
yetkazmang
• Qurilmangizning ustki qismiga yoki ishlashiga zarar yetishi
mumkin.
• Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o'zgarsa,
qurilmangizga zarar yetishi yoki uning qismlari o'z funksiyasini
bajarmasligi mumkin.
Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat
davomida xizmat ko'rsatishini ta'minlang
• Batareyalar uzoq muddat davomida ishlatilmasa, ular
foydalanishga yaroqsiz bo'lib qolishi mumkin.
• Vaqt o'tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo'qoladi va
ularni ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.
• Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati
manbaidan chiqaring.
• Batareyadan faqatgina belgilangan maqsadlar uchun
foydalaning.
• Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish
uchun ushbu qo'llanmadagi barcha ko'rsatmalarga amal
qiling. Qo'llanmada berilgan ogohlantirish va ko'rsatmalarga
amal qilmaslik oqibatida kelib chiqqan tashqi zarar va
ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi kafolati tomonidan
qoplanmasligi mumkin.
• Vaqt o'tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma'lum bir
vaqt oralig'ida ba'zi qismlar va ta'mirlashlar kafolat tomonidan
qoplanadi, lekin tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish
oqibatida yuzaga kelgan zararlar qoplanmaydi.
O'zbek
765