• Televizorni o'rnatish, yechib olish, gorizontal rostlash yoki kronshteynni egish uchun ushlaganingizda, ekranga
bevosita kuch ishlatmang.
• Televizorni o'rnatish, yechib olish, gorizontal rostlash yoki kronshteynni egish uchun harakat qilganingizda
kabellarni shikastlamang.
• Kronshteyn o'rnatilganidan keyin televizor va taglikka ortiqcha zarba tegmasin. Kronshteyn yoki televizor
shikastlanishi yoki televizor bilan kronshteyn orasi bo'shab qolishi mumkin. Bu holda kronshteynni qayta o'rnating
yoki mutaxassisdan yordam oling.
• Mahsulot modelini hamda to'plamdagi foydalanuvchi qo'llanmasini tekshiring, devorga o'rnatish mumkinligini
tekshiring.
– Devor barqaror bo'lsin. Agar devor kuchsiz bo'lsa, o'rnatishdan oldin uni mustahkamlang.
– Agar devor sement bo'lmasa, unga televizorni o'rnatish mumkinligi xususida mutaxassis bilan
maslahatlashing.
– Mahsulot o'rnatiladigan devor haqida hech narsani bilmasangiz, mutaxassisga murojaat qiling.
• Mahsulot bir maromda ishlashi va buzilib qolmasligi uchun quyidagi joylarga o'rnatmang.
– Tebranish yoki zarb tegish xavfi mavjud joylar: Mahsulot tushib ketishi va shikastlanishi mumkin.
– Suv sepkichli datchik yaqiniga: Datchik televizordan chiqqan issiqlikni aniqlab, sepkichlarni ishga tushirishi
mumkin.
– Yuqori kuchlanishli kabellar yaqinida: Yuqori kuchlanishli kabel televizorga xalaqit berishi va ekran yaxshi
ko'rsatmasligi mumkin.
– Isitkichlar yaqinida: Televizor qizib ketib, yaxshi ishlamasligi mumkin.
– Tik devordan boshqa joyga o'rnatmang.
– Bolalar qo'li yetmaydigan qilib o'rnating.
– Devorni teshib, ichiga o'rnatmang.
– O'rnatiladigan devorning turi va holatini tekshirishni
unutmang.
– Devor turiga qarab, har xil materiallar ishlatilishi mumkin.
Quyidagi xarakteristikalarga asoslanib, materiallarni
tanlang.
– To'plamdagi hamma vintlarni ishlatish shart emas. Ammo
kamida 4 ta vintni ishlatish lozim.
– Vintlarni A deb belgilangan ikkita joyda ishlatish kerak.
– Sharoitga qarab, o'rnatish uchun B deb belgilangan
kamida 2 ta joyni tanlang.
– Kabellarni devor ichiga yashirish uchun o'rnatuvchi
mutaxassisga murojaat qiling.
- O'zbekcha 115 -