Beko BHCA66641BBHS Manual De Instalación página 63

Ocultar thumbs Ver también para BHCA66641BBHS:
Tabla de contenido
Idiomas disponibles
  • ES

Idiomas disponibles

  • ESPAÑOL, página 40
mahkam oʻrnatilganligiga ishonch hosil
qiling.
• Dudboʻronning kengligi kamida pishirish
panelingizning kengligiga teng boʻlishi
kerak.
• Oʻrnatish diagrammalarida berilgan
oʻlchamlar mm da ifodalangan.
• Dudboʻron yordamida chiqariladigan
havo gaz yoki boshqa yoqilgʻilarni
yoqadigan boshqa qurilmalar tomonidan
ishlatiladigan moʻriga ulanmasligi kerak.
(Faqat havoni xonaga qaytaradigan
qurilmalar uchun emas)
• Chiqindi havoni chiqarish qoidalariga
rioya qilinishi kerak.
Mahsulotni oʻrnatish
Mahsulot oʻlchamlari va xavfsizlik
choralari (1-2-rasmlar)
• Mahsulot oʻlchamlariga eʼtibor bering.
Mebelingizga mos kelishini tekshiring.
(1-rasm)
• Dudboʻroningizning pastki yuzasi va
pishirish panelingizning yuqori yuzasi
orasidagi balandlik gaz panellari uchun
650 mm, elektr panellari uchun 500 mm
dan kam boʻlmasligi kerak. (2-rasm)
* Oʻrnatishga oid rasmlarda misol sifatida
gaz panelini oʻrnatish koʻrsatilgan, unda
panelda qoldirilishi kerak boʻlgan oʻlcham
650 mm sifatida koʻrsatilgan. Agar sizda
elektr paneli boʻlsa, maʼlumot sifatida ushbu
oʻlchovni 500 mm sifatida oling.
Oʻrnatiladigan devorni boshqarish
va tayyorlash
• Mahsulot oʻrnatiladigan devor mahsulotni
koʻtarish kuchiga ega boʻlgan tik va tekis
holatda boʻlishi kerak.
• Oʻrnatildigan devor va teshiladigan
teshiklar artofida suv, elekr va gaz
ulanishlari boʻlmasligi kerak.
Jihozni elektr taʼminotiga ulash
• 2 yoʻlli quvvat kabeli bilan ishlab
chiqarilgan ushbu qurilma elektr
tarmogʻiga bipolyar kontakt chiqishlari
orasidagi masofa kamida 3 mm boʻlgan
elektr kaliti orqali ulanishi kerak.
Yerga ulash ishlarini malakali elektr
mutaxassisiga bajartiring.
• Elektr ulash boʻyicha biron bir ishni
boshlashdan oldin, mahsulotni elektr
tarmogʻidan uzing. Elektr toki urishi xavfi
mavjud!
• Mahsulot elektr tarmogʻiga faqat vakolatli
va malakali shaxs tomonidan ulanishi
kerak. Mahsulotning kafolat muddati
mahsulot toʻgʻri oʻrnatilgandan soʻng
boshlanadi. Ishlab chiqaruvchi vakolatsiz
shaxslar tomonidan amalga oshirilgan
jarayonlar tufayli yetkaziladigan zararlar
uchun javobgar hisoblanmaydi.
• Qurilmangizni oʻrnatish ishlari
yakunlangandan keyin elektr tarmogʻiga
(vilka, rozetka) osongina yetib oladigan
qilib oʻrnating.
• Agar mahsulotingiz vilka bilan ishlab
chiqarilgan boʻlsa, oʻrnatish vaqtida
elektr tarmogʻiga ulash uchun vilkasini
kesmang. Aks holda, kafolat oʻz kuchini
yoʻqotadi va foydalanuvchilar xavfsizligi
borasida xavf yuzaga kelishi mumkin.
Oʻrnatish oʻlchamlari va tafsilotlari
(3-4-rasmlar))
• Mahsulotni juft moʻri bilan oʻrnatish
mumkin boʻlgan oʻlchamlar 3b-rasmda
koʻrsatilgan.
• Agar uni juft moʻri bilan oʻrnatmoqchi
boʻlsangiz, pishirish paneli ustidan
mebelingizgacha boʻlgan talab qilinadigan
masofa 910-1138 mm oraligʻida boʻlishi
kerak. (4b-rasm)
• Agar siz uni yakka moʻri bilan
oʻrnatmoqchi boʻlsangiz, pishirish paneli
ustidan mebelingizgacha boʻlgan talab
qilinadigan masofa 748 mm boʻlishi
kerak. (3a-4a-rasmlar) Yakka moʻri bilan
oʻrnatish uchun shamollatish teshigiga
ega yuqori moʻridan foydalaning.
Mahsulotning mahkamlovchi
qismlarni yigʻish (5-6-7-rasmlar)
Mahsulotingiz juft moʻri listini yigʻish
namunasi boʻyicha tasvirlangan.
• Pishirish panelini markazga joylashtiring
va devorga vertikal oʻq chizigʻini chizing.
• Pishirish panelingizning yuqori qismidan
650 mm uzunlikdagi gorizontal oʻlchov
chizigʻini chizing. (5-rasm)
• Mahsulot bilan birga berilgan maketni
oʻzingiz chizgan chiziq nuqtasi markaziga
joylashtiring, devorga yopishtiring va
maketdagi teshiklarni qalam bilan
belgilang. (6-rasm)
• Mebel yoki shiftning yuqori qismida
6-rasmda koʻrsatilgan oʻlchamlarga
muvofiq moʻrini mahkamlash qismlari
uchun teshiklarni belgilang.
63
Tabla de contenido
loading

Tabla de contenido